Abu  Rayhon  Beruniy

         

Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (4.10.973–13.12.1048) – buyuk o‘zbek qomuschi olimi. Beruniyning bilim doirasi, uning ilmiy merosi mazmunan rang-barangdir. Beruniy ijodi 152 kitob va risoladan iborat bo‘lib, ko‘pchiligi o‘z zamonasida o‘ziga xos bir qomus bo‘lgan. U 990 yillarda Kot shahrida muhim astranomik kuzatishlar olib boorish uchun astronomic asboblar ixtiro qilgan. Ko‘pgina olimlar bilan yaqindan aloqada bo‘lgan. Masalan, Abu Ali ibn Sino bilan xat orqali fan sohasida qiziqarli munozaralar olib borgan. Bu yozishmalarda fazo, issiqlikning tarqalishi, jismning issiqlikdan kengayishi va sovuqlikdan torayishi, nurning aks etishi va sinishi, umuman akustika, elektr, magnetizm kabi muhim masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr yuritganlar. Beruniy aylanaga ichki chizilgan muntazam to‘qqiz burchak tomonini hisoblash formulasini chiqarishda x3=1–3x ko‘rinishdagi tenglamalarga duch kelgan va ularni yechgan.

Beruniy yoritgichlar harakatini geometric bilimlarga tayanib izohlagan. Olamning tuzilishini tushuntiradigan geometric va geliosentrik nazariyalar teng kuchli ekanligini ko‘rsatgan. Uning ishlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi,trigonometriya va boshqa fanlarga doir bilimlar ma’lum tartibda sistemalashtirgan. Ulardagi matematik tushunchalarga ta’rif berilgan va mazmuni yoritilgan. Beruniy biror sohani o‘rganar ekan, unga ijodiy yondashib, uni atroflicha bayon qilgan. Masalan, arifmetikadagi uchlik qoidani o‘rganib, besh, yeti va undan ortiq miqdorlarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olib (uchlik qoidasidek) umumlashgan qoida chiqargan. “” ning bir necha o‘nli raqamlargacha aniqlikdagi sonli qiymatini hisoblab chiqargan.