Al-Xorazmiy

         

Al-Xorazmiy Abu Abdullo Muhammad ibn Muso (780–850) – buyuk matematik, astronom, geograf. Al-Xorazmiy o‘z davrida fanning mashaqqatli yo‘llaridan yurib, ilg‘or ijtimoiy, falsafiy tafakkurga keng yo‘l ochib, matematikaga doir o‘lmas kashfiyotlar yaratdi. Uning yozgan asarlaridan bizgacha o‘ntasi yetib kelgan. Shulardan ikkitasi algebra va arifmetikaga bag‘ishlangan bo‘lib, fan tarixida muhim rol o‘ynagan.

Xorazmiyning XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan “Arifmetika” (“Kitob filhisob al hind”) asari yevropaliklarni hind raqamlari, pozitsion o‘nlik sanoq sistemasi bilan tanishtirdi va uning boshqa sanoq sistemalariga nisbatan afzilligini ko‘rsatdi. Butun va kasr sonlar ustida amallar bajarish va kvadrat ildiz chiqarish usulini keltirdi. “Kitob al-jabr va almuqobala” asarida matematik bilimlarga tayanib algebraic metod yordamida xo‘jalik, maishiy, huquqiy va savdo sohalariga doir masalalarni birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar yordamida yechish usullarini ritorik tarzda bayon qildi. Unda hayotiy masalalarni geometric va algebraic usullarda yechish va algebraik amallarni bajarish tartibi tahlil qilingan. Xorazmiy matematikaga abstraktlik tushunchasini kiritib, undan amalda keng foydalandi. Induktiv yo‘l bilan masalani umumiy yechimini va undan foydalanib, masalalarni xususiy hollarda yechilishini ko‘rsatdi. Ikkinchi darajali tenglamalarni yechishni Yevklid singari geometrik usulda bayon qildi.  x2+a=bx  ko‘rinishdagi tenglamalarning ikkita yechimi borligini ko‘rsatdi. Algebra kitobida  qiymatini ,  3,1416  va ba’zan  sonlari bilan ifodaladi.

Al-Xorazmiy ijodi rang-barangdir. U matematikadan tashqari “Usturlob” (astronomic asbob), “Quyosh soati”, “Tarix haqida”, “Musiqa haqida” kabi asarlar yozdi. Olimlarning kashfiyotlari asrlar osha fanning yangi-yangi sohalari bilan hamohang bo‘lib, ularning rivojlanishiga ko‘maklashib bordi.