142. (Og`zaki.) To`g`rimi:
1) agar x > 7 va y > 4 bo`lsa, u holda x + y > 11;
2) agar x > 5 va y > 8 bo`lsa, u holda xy < 40;
3) agar x < –7 va y < 7 bo`lsa, u holda x + y < 0;
4) agar x < 7 va y < 5 bo`lsa, u holda xy < 10?
143. Tengsizliklarni qo`shing:
1) 5 > –8 va 8 > 5; 2) –8 < 2 va 3 < 5;
3) 3x + y < 2x + 1 va 3y – 2x < 14 – 2a;
4) 3x2 + 2y > 4a – 2 va 5y – 3x2 > 3 – 4a.
144. Tengsizliklarni ko`paytiring:
1)
va
12
>
6;
2)
va
4 < 6;
3) x – 1 > 1 va x + 2 > 4 4) 4 < 2x + 1 va 3 < 2x – 1.
145. Agar a > 2 va b > 5 bo`lsa, u holda
1) 3a + 2b > 16; 2) ab – 1 > 9;
3) a2 + b2 > 29; 4) a3 + b3 > 133;
5) (a + b)2 > 35; 6) (a + b)3 > 340
bo`lishini isbotlang.
146. Uchburchakning tomonlari mos ravishda 73 sm, 1 m 15 sm va 1 m 11sm dan kam. Uning perimetri 3 m dan kam ekanini isbotlang.
147. 4 ta umumiy daftar va 8 ta yon daftar sotib olindi. Umumiy daftarning narxi 200 so`mdan kam, yon daftarniki esa 150 so`mdan kam. Barcha xarid 2000 so`mdankamligini ko`rsating.
148. To`g`ri to`rtburchak bir tomoni 7 sm dan uzun, ikkinchi tomoni birinchisidan 3 marta uzun. To`g`ri to`rtburchakning perimetri 56 sm dan uzun ekanini ko`rsating.
149. To`g`ri to`rtburchak shaklidagi polizning bo`yi enidan 5 marta uzun, eni esa 4 m dan uzun. Polizning yuzi 80 m2 dan katta ekanini isbotlang.
150. To`g`ri to`rtburchak ichida yotgan ixtiyoriy nuqtadan uning uchlarigacha bo`lgan masofalar yig`indisi shu to`rtburchakning yarim perimetridan katta ekanini isbotlang.