157. Tasdiqni tengsizlik ko`rinishida yozing:
1) x va 17 sonlarining yig`indisi 18 dan katta;
2) 13 va x sonlarining ayirmasi 2 dan kichik;
3) 17 va x sonlarining ko`paytmasi 3 dan kichik emas;
4) x va –3 sonlari yig`indisining ikkilangani 2 dan katta emas;
5) x va 3 sonlari yig`indisining yarmi ularning ko`paytmasidan katta emas;
6) x va –4 sonlari ko`paytmasining ikkilangani ular ayirmasidan kichik emas.
158.
10,
,
0,
1
sonlaridan qaysilari tengsizlikning yechimi bo`ladi:
1) 3x + 4 > 2; 2) 3x + 4 ≤ x;
3)
4)
?
159. y ning qanday qiymatlarida tengsizlik o`rinli bo`ladi:
1) –2y > 0; 2) –3y < 0; 3) y2 + 1 ≥ 0;
4) 2y2 + 3 ≤ 0; 5) (y – 1)2 ≤ 0; 6) (y + 2)2 ≥0
160. 27-rasmdagi y = kx + b chiziqli funksiyaning grafigi tasvirlangan, y
1) x ≥ 0; 2) x < 0; 3) x > –5; 4) x ≤ –5
bo`lganda qanday qiymatlar qabul qilishini tengsizlik yordamida yozing.
161. 28-rasmda y = kx + b chiziqli funksiyaning grafigi tasvirlangan. x ning qanday qiymatlarida y funksiyaning qiymatlari: 1) musbat; 2) nomanfiy; 3) manfiy; 4) –4 dan kichik; 5) –4 dan kichikmas; 6) –4 dan katta bo`lishini tengsizlik yordamida yozing.
162. Funksiyaning grafigini yasang va grafik bo`yicha x ning qanday qiymatlarida funksiya musbat, manfiy, nolga teng, 1 dan katta, 1 dan kichik qiymatlar qabul qilishini toping:
1) y = 2x + 4; 2) y = 3x – 9;
3) y = –2x – 8; 4) y = –3x + 6;