40.       (Og‘zaki). Quydagi formula bilan berilgan funksiya chiziqli bo‘la oladimi:                   

1) y=x–2;                2) y=2x2+3;                    3) y=; 

4) y=250;                  5) y=+8;            6) y=+1?

Chiziqli funksiyalar uchun k va b ning qiymatlarini ayting.    

41.                 y(x) =3x–1 chiziqli funksiya berilgan.

1) y(0),  y(1),  y(2) ni toping .

2) Agar  y(x) = –4,  y(x)=8,  y(x)=0  bo‘lsa x ning qiymatini toping.

42.                 Idishga qaynatgich solingan paytda suv 60  haroratga ega edi. Har minutda uning harorati 20  dan ko‘tarilib boradi. Suv harorati T ning uning isish vaqti t ga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalovchi formula toping. Shu funksiya chiziqli bo‘ladimi? T(20), T(30)  nimaga teng? Suv isiy boshlaganidan necha minut keyin qaynaydi?

43.       Funksiyaning grafigini yasang:    

1) y=2x+1;                2) y =–2x+1;                  3) y =3x – 4 ;          

4) y =0,5x–1;   5) y =x–2;                   6) y =x+2 .

44.       Grafikning koordinata  o‘qlari bilan  kesishish nuqtalarining koordinatalarini toping:

1) y= –1,5x+3;          2) y= –2x+4;                  3) y= –1,5x–6;

4) y = –0,8x–0,6;                5) y = –x+2;      6) y =x–5 ;

45.       Funksiyaning grafigini uning koordinata o‘qlari bilan kesishish nuqtalarini topib, yasang: 

1) y=2x+2;                2) y=x–1;                          3) y=4x+8;

4) y= –3x+6;             5) y=2,5x+5;                           6) y= –6x–2.

46.       Funksiyaning grafigini yasang:

1) y=7;            2) y= –3,5;           3) y=;                4) y=0.

47.       (Og‘zaki). y=–2x funksiya grafigidan y=–2x+3 va y=–2x–3 funksiyalarining  grafklarini qanday qilib hosil qilish mumkin ?

48.       (Og‘zaki). y=x funksiya grafigidan y=x+2 va y=x–2 funksiyalarning grafiklarini qanday qilib hosil qilish mumkin ?

49.       1) y= –0,5x–2 funksiyaning grafigini yasang va grafik bo‘yicha x ning funksiya qiymatini musbat (manfiy) bo‘ladigan bir necha qiymatini ko‘rsating .

1)                 y= –4x+3 funksiyaning grafigini yasang va gra fik bo‘yicha x ning funksiya qiymati musbat (manfiy) bo‘ladigan bir necha qiymatini ko‘rsating .

50.       y=2x+3 formula bilan berilgan funksiyaning grafigini yasang. Grafik bo‘yicha:            1)  x ning –1 ga; 2 ga; 3 ga; 5 ga teng qiymatiga mos keluvchi y ning qiymatini;

2)                 x ning qanday qiymatida y ning qiymati 1 ga; 4 ga; 0 ga; –1 ga teng bo‘lishini 

ko‘rsating .

51.       Chiziqli  funksiya y=x+2 formula bilan  berilgan. Shu funksiyaning  grafigiga  M (0; 2),  N (1; 3),  F(–1; 1),  B(–4,7; –2,7),  C(–2; ) nuqtalar tegishlimi?

52.       y=kx+2 funksiyaning grafigi:  1) P (–7; –12);   2)  C (3; –7)  nuqtadan o‘tishi ma’lum bo‘lsa,  k ning qiymatini toping .

53.       y= –3x+b funksiyaning grafigi:  1) M (–2; 4);  2) N (2; –7) nuqtadan o‘tishi ma’lum bo‘lsa,  b ning qiymatini toping.

54.       Agar y= kx+1 funksiya grafigiga:  1) M (1; 3);  2) M (3; –7)  nuqta tegishli ekanligi ma’lum bo‘lsa,  shu funksiyaning grafiguni yasang .

55.       1) Sabzavot omboridagi 400 t kartoshka bor edi. Har kuni omborga yana 50 tonnadan kartoshka tashlab keltirilada . Kartoshka miqdpri (p) ning vaqt (t) ga bog‘liqligini formula bilan ifodalang.

2) Sabzavot omborida 400 t ko‘mir bor edi. Undan har kun 50 t dan kartoshka tashib ketildi. Kartoshka miqdori (p) ning vaqti (t) ga bog‘liqligini formula bilan ifodalang.

56.       Sayyoh shahardan chiqib avtobusda 10 km yo‘l bosadi, so‘ngra esa shu yo‘nalishda piyoda 5 km/soat tezlik bilan yura boshladi. Sayyoh x soat piyoda yurganidan keyin shahardan qancha (y) masofada bo‘lgan?

57.       y=13–x funksiya grafigining koordahata o‘qlari bilan kesishish nuqtalarining koordinatalarini aniqlang va shu to‘g‘ri chiziq hamda koordinata o‘qlari bilan chegaralangan to‘g‘ri burchakli uchburchakning yuzini hisoblang.