58. A(5; 0), B (5; –3), C (0; 3), D (–3; 1), E (4; 2) nuqtalarga koordinatalar boshiga nisbatn simmetrik bo’lgan nuqtalarni yasang va ularning koordinatalarini aniqlang.
59. A (5; 3) nuqta berilgan. Shu nuqtaga: a) O x o‘qiga; b) O y o‘qiga; v) koordinatalar boshiga nisbatan simmetrik bo‘lgan nuqtani yasang. Hosil bo‘lgan nuqtalarning koordinatalarini aniqlang.
60. Tekislikda A(2; 7), B (3; 4), C (2; –7), D (–3; –4), E (–2; 7) nuqtalar joylashgan. Shu nuqtalarning qanday juftlari: a) abssissalar o‘qiga; b) ordinatalar o‘qiga; v) koordinatalar boshiga nisbatan simmetrik bo‘lishini aniqlang.
61. Tomoni 4 ga teng bo‘lgan kvadratning markazi koordinatalar boshida yotadi, tomonlari esa koordinata o‘qlariga parallel. Kvadrat uchlarining koordinatalarini aniqlang .
62. Tekis harakat formulasi s=vt dan harakat vaqtini yo‘l bilan tezlikning funksiyasi sifatida ifoda qiling.
63.
Modda zichligining formulasi
p
= dan:
1) jism massasi m ni zichlik bilan hajmning funksiyasi; 2) jism hajmi v ni massa bilan zinchlikning funksiyasi sifatida ifoda qiling.
64. x va y o‘zgaruvchilar orasidagi bog‘lanish y=kx formula bilan ifoda qilingan. Agar x=2,5 bo‘lganda y = –5 bo‘lsa, k ni aniqlang.
65. 1) y=kx funksiyaning grafigi B (–30; 3) nuqtadan o‘tadi. k ni toping.
2) y=kx funksiyaning grafigi B (4; –80) nuqtadan o‘tadi. k ni toping.