“Al-jabr val-muqobala” asarining “Har xil masalalar haqida bob” idagi masalalarni tenglamaiar sistemasi yordamida yechish ham mumkin. Bu sistemaning birinchi tenglamasi ko‘p hollarda x+y=10 bo‘lib, ikkinchi tenglamasi esa ikkinchi darajali tenglamadir. (“Kvadrat tenglamalar” bobidagi “Tarixiy masalalar”ga qarang). Al-Xorazmiy risolasidagi meros taqsimlashga doir masalalarning ba'zilari x=ky ko‘rinishidagi tenglamaga keladi. Olim bu kabi tenglamalarning natural yechimlarini topadi.