> (katta) va < (kichik) belgilar – qat’iy tengsizlik belgilari birinchi bor ingliz olimi T. Garriotning 1631-yilda chop etilgan risolasida keltirilgan. ≥ (katta yoki teng) va ≤ (kichik yoki teng) belgilar – noqat’iy tengsizlik belgilarini esa 1734-yilda fransuz matematigi P. Buge kiritgan.
x sonning modulini |x| kabi belgilashni mashhur nemis matematigi K. Veyershtras 1841-yilda taklif etgan.