Qadimgi Misr Bobilda topilgan matematik bitiklar kishilar juda qadim zamonlardan taqribiy hisoblashlarning ba’zi usullari bilan tanish ekanliklarini ko`rsatadi. 4000 yil oldinroq Bobil olimlari sonlarni ko`paytirish, kvadratga ko`tarish, teskari sonlar juadvalini tuzish bilan bilan bir qatorda, sonlardan kvadrat ildiz chiqarish jadvallarini ham tuzishgan. Ular natural sonlarning kvadrat ildizlari taqribiy qiymatlarini toipa olganlar.

2-, 3- darajali tenglama ildizlarini taqribiy hisoblash usullarini Qadimgi Xitoy, O`rta Osiyolik olimlar topishgan.

Mirzo Ulug`bek ilmiy maktabining olimlari astronomik jadvallar (“Zijlar”) ni aniqroq tuzish uchun taqribiy hisoblashning yangi usullarini yaratganlar. Mirzo Ulug`bek akademiyasining yetakchi olimlaridan biri G`iyosiddin Jamshid al-Koshiy esa “Aylana haqida risola” sida sonining verguldan keyingi 17 ta xonasini aniq hisoblagan.