Amaliy masalalarni yechishda ko`pincha turli miqdorlarning taqribiy qiymatlari bilan ish ko`rishga to`g`ri keladi. Taqribiy qiymatlar, odatda, ko`p miqdordagi narsalarni, masalan, o`rmondagi daraxtlar sonini sanashda; asboblar yordamida turli kattaliklarni, masalan, uzunlik, temperaturani o`lchashda; sonlarni yaxlitlashda hosil qilinadi.
Bir necha misollar qaraymiz:
1) Mustaqil O`zbekistonning birinchi pochta markasi o`zbek shoirasi Mohlaroyim Nodiraga bag`ishlangan bo`lib, 2 million nusxada muomalaga chiqarildi;
2) sinfda 36 o`quvchi bor;
3) O`zbekistonda 10 000 ga yaqin umumta’lim maktablari, gimnaziyalar, litseylar bor;
4) Navoiy – Nukus temir yo`lining uzunligi 342 km;
5) ishchi kassadan 10 675 so`m pul oldi;
6) so`nggi yillarda O`zbekistonda g`alla ekini maydonlari 300 ming gektarga ko`paydi;
7) Toshkentdan Buxorogacha bo`lgan masofa 500 km;
8) bir kilogramm bug`doyda 30 000 dona bug`doy doni bor;
9) Yerdan Quyoshgacha bo`lgan masofa 1,5 ∙ 108 km;
10) O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ida 12 ta yulduz bor.
2, 5, 10- misollarda miqdorlarning qiymatlari aniq, qolgan hollarda esa taqribiy.
1- m
a s a l a . O`quvchilardan biri maktabda nechta o`quvchi o`qishi haqidagi
savolga “1000
ta” deb javob
berdi, ikkinchi o`quvchi esa aynan shu savolga
“950 ta”
deb javob berdi. Agar maktabda
986
nafar o`quvchi o`qisa, kimning javobi aniqroq?
Birinchi
o`quvchi 14
taga ikkinchisin esa
36
taga adashdi.
Demak, birinchi o`quvchining javobi aniqroq.
Shuni ta’kidlaymizki, birinchi holda o`quvchilar sonining aniq va tqribiy qiymatilari orasidagi farq (ayirma) manfiy:
986 – 1000 = –14,
Ikkinchi holda esa musbat:
986 – 950 = 36.
Amaliy jihatning taqribiy qiymatning aniq qiymatdan u yoki bu tomonga chetlasihshini, ya’ni aniq qiymat bilan taqribiy qiymat orasidagi ayirmaning modulini (absolut qiymatini) bilash muhimdir.
|
Miqdorning aniq qiymati bilan uning taqribiy qiymati orasidagi ayirmaning moduli yaqinlashish absolut xatoligi deyiladi. |
Shunday qilib agar a – aniq qiymati x ga teng bo`lgan miqdorning taqribiy qiymati bo`lsa, u holda absolut xatolik
|x – a|
ga teng bo`ladi.
Yaqinlashishning absolut xatoligi ko`pincha oddiygina qilib xatolik deyiladi.
2- m
a s a l a . Uchburchak burchaklari yig`indisini transportir yordamida topishda
182O
natija hosil qilindi. Bu yaqinlashishning absolut xatoligi qanday?
Uchburchak
burchaklari yig`indisining aniq qiymati
180O
ga teng , taqribiy qiymati
182O
ga teng. Shuning uchun absolut xatolik
|180O – 182O| = | – 2O| = 2O
ga teng.
3- m
a s a l a .
sonining
0,43
o`nli kasrga yaqinlashish xatoligini toping.