Ko`pgina hollarda miqdorlarning aniq qiymatlari noma’lum bo`ladi. Shuning uchun yaqinlashishning absolut xatoligini topish mumkin bo`lmaydi. Shunday bo`lsa-da, ko`pincha, agar ortig`i bilan va kami bilan yaqinlashishlar ma’lum bo`lsa, absolut xatolikni baholash mumkin bo`ladi.
1- m
a s a l a . Xona termometrida suyuqlik ustunchasining yuqori oxiri
21
bilan 22◦
C belgilari
orasida turibdi. Temperaturaning taqribiy qiymati sifatida
21,5
soni olindi. Yaqinlashishning absolut xatoligini baholang.
t
temperaturaning aniq qiymati noma’lum, biroq
21 ≤ t ≤ 22
deb tasdiqlash mumkin.
Temperaturaning aniq qiymati bilan taqribiy qiymati orasidagi ayitmani, ya’ni t – 21,5 ayirmani baholash uchun bu qo`sh tengsizlikning har bir qismidan 21,5 sonini ayiramiz.
–0,5 ≤ t –
21,5 ≤ 0,5 ni,
ya’ni |t
– 21,5| ≤ 0,5
ni hosil qilamiz. Shunday qilib, absolut xatolik
0,5
dan katta emas.
Bu holda temperatura 0,5 gacha aniqlikda o`lchangan deyiladi va bunday yoziladi:
t = 21,5 ± 0,5.
Umuman agar a son x sonning taqribiy qiymati va |x – a| ≤ h bo`lsa, u holda x son a songa h gacha aniqlik bilan teng deyiladi va bunday yoziladi:
x = a ± h |
(1) |
|x – a| ≤ h tengsizlik
a – h ≤ x ≤ a + h (2)
qo`sh tengsizlikning mxuddi o`zini anglatishini eslatib o`tamiz.
Masalan,
x
= 2,43 ± 0,01
yozuv x
son 2,43
ga 0,01
aniqlikda tengligini, ya’ni
2,43 – 0,01 ≤ x ≤ 2,43 + 0,01
yoki
2,42 ≤ x ≤ 2,44
ekanini bildiradi.
2,42 va 2,44 sonlari x sonning, mos ravishda, kami bilan va ortig`i bilan olingan taqribiy qiymatlari bo`ladi.
Odatda 1- masalada qaralgan temperatura o`lchashda, temperaturaning taqribiy qiymati sifatida 21 yoki 22◦ C olinadi. Bu holda har bir yaqinlashishning absolut xatoligi 1◦ C dan oshmaydi. Shining uchun, odatda bo`limlar oralig`i 1◦ C dan bo`lgan termometr yordamida temperatura o`lchanganda o`lchash 1◦C gacha aniqlik bilan olib boriladi, deb hisoblanadi.
Shunga o`xshash boshqa
o`lchash asboblari uchun ham
o`lchash aniqligi,
odatda asbobning eng kichik bo`limi bo`yicha hisoblanadi. Masalan,
uzunlik mikrometr bilan
0,01 mm
gacha aniqliklda o`lchanadi, temperatura tibbiyot termometri bilan bilan
0,1◦C
gacha aniqlikda o`lchanadi, sekund mili bo`lgan qo`l soat vaqtni
1
sekundgacha aniqlikda ko`rsatadi.
Shunday qilib, o`lchash xatoligi miqdor qanday asbob bilan o`lchanayotganiga bog`liq. Yaqinlashish xatoligi qancha kichik bo`lsa, o`lchov asbobi shuncha aniq bo`ladi.
Taqribiy qiymatlardan ko`pincha oddiy kasrlarni o`nli kasrtga almashtirishda foydalaniladi.
2- m
a s a l a .
0,43 soni
kasrning
0,01
gacha aniqlikdagi taqribiy qiymati ekanini isbotlang.
Bunda
ekanini isbotlash talab etiladi. Ayirmani hisoblaymiz:
Demak,
bo`lgani
uchun
bo`ladi.