Ayni bir miqdorning turli yaqinlashishlari aniqligini taqqoslash uchun absolut xatolikdan foydalaniladi. Agar turli miqdorlarning yaqinlashishlari taqqoslansa, u holda absolut xatolik yetarli emas.

          Masalan, Toshkentdan Samarqandgacha bo`lgan masofa  (300 ± 1) km ga teng. Qalamning uzunligi (21,3 ± 0,1 )  sm  ga teng. Birinchi holda absolut xatolik 1 km dan ortiq emas. Xo`sh, qalamning uzunligi Toshkentdan Samarqandgacha bo`lgan masofaga qaraganda aniqroq o`lchangan deyish mumkinmi?

        Toshkentdan Samarqandgacha bo`lgan masofani o`lchashda  300 km ga 1 km dan ortiq bo`lmagan absolut xatolikka yo`l qo`yilgan. Demak, xatolik o`lchanayotgan kattalikning  ∙100% ≈ 0,15%    ini tashkil etadi.

 

         Qalamning uzunligini o`lchashda  21,3  sm  ga 0,1 sm dan ortiq bo`lmagan absolut xatolikka yo`l qo`yilgan. Demak, bu holda xatolik o`lchanayotgan kattalikning ∙100% ≈ 0,47%  ini tashkil etadi.

       Shunday qilib, shaharlar orasidagi masofa qalamning uzunligiga qaragandaaniqroq o`lchangan.

       Yaqinlashish sifatini baholash uchun nisbiy hatolik tushunchasi kiritiladi.

   

Nisbiy xatolik deb miqdorning absolut xatoligini uning taqribiy qiymati moduliga nisbati aytiladi.

    

       Shunday qilib, agar  a son  x  ning   taqribiy qiymati bo`lsa,  u holda absolut xatolik      |x a|  ga teng, nisbiy xatolik esa    ga teng. Nisbiy xatolik odatda protsend (foiz)larda ifodalanadi.

        

* M a s a l a. Yer massasining taqribiy qiymati  (5,98 ± 0,01) ∙ 1024 kg ga teng. Ov miltig`i o`qining massasi (9  ± 1) g ga teng. Qaysisini o`lchash aniqroq?

        Har bir o`lchashning nisbiy xatoligini baholaymiz:

    

1)   ∙100% ≈ 0,2%;         2)  ∙100% ≈ 11%

 

 

         Yer masalasi aniqroq o`lchangan.